"Barselona" "Kamp Nou"dagi ochilish o'yini uchun syurpriz tayyorlab qo'yilganini ma'lum qildi

Administrator
19 noya 2025, 23:50
Klub rasmiy zarba paytida kutilmagan narsa bo'ladi.

"Barselona" matbuot xizmati "Kamp Nou"dagi qayta ochilishdan keyingi birinchi o'yinni boshlab beruvchi ramziy zarba paytida kutilmagan syurpriz bo'lishini ma'lum qildi. Uchrashuv 22 noyabr kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi. Kataloniya klubi Bilbaoning "Atletik" jamoasini qabul qiladi.

"Ramziy zarba o'zgacha bo'ladi... Ammo buni syurpriz sifatida saqlab qolamiz," - deyiladi ko'k-qizillarning X ijtimoiy tarmog'idagi xabarida.

Eslatib o'tamiz, iyun oyi oxirida "Barselona" o'zining jonajon stadioniga 2025 yilning 10 avgustida qaytishini rasman e'lon qilgan edi. "Kamp Nou" 2023 yilning yozida qayta qurish uchun yopilgan edi. Biroq joriy mavsum boshida Kataloniya klubi sport arenasidan foydalanish uchun ruxsatnoma ololmaganligi sababli uy o'yinlarini "Olimpik Lyuis Kompanis" stadionida o'tkazishga majbur bo'ldi.


AdministratorMuallif
Manba: fcbarcelona.com