"Barselona" Italiya terma jamoasi a'zosi bilan qiziqib qolgan

25 dek 2019, 21:30
Kataloniyaning "Barselona" klubi markaziy yarim himoyachi Stefano Sensiga jiddiy e'tibor qaratmoqda.

"Sassuolo" futbolchisi joriy mavsumni ijara asosida "Inter" tarkibida o'tkazmoqda. "Sport.es" sayti xabariga ko'ra, "Barselona" allaqachon o'yinchining vakillari bilan muloqotga kirishgan.

Eslatib o'tamiz, 24 yoshli Sensi joriy mavsum 11 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va jamoadoshlariga 4 bora shunday imkoniyatni yaratib bergan.


Manba: Sport.es