“Barselona” himoyachisi ijaradan ortga qaytmoqda

Eldor Akmurzayev
5 may 2020
Mavsumning ikkinchi qismini “Nicca”da o'tkazgan Mussa Vage Kataloniyaga qaytib keladi.

Francuz klubi fevralda  futbolchini 10 mln evroga sotib olish huquqi ijaraga olgandi. Biroq, “Nicca” senegallikni jamoada olib qolishni istamadi. 

21 yoshli o'yinchi joriy mavsum Fransiya chempionatida beshta uchrashuv o'tkazishga ulgurdi. Avvalroq, Liga 1 bahslari muddatidan oldin yakunlangani haqda xabar qilgandik.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ogcnice.com