"Barselona" himoyachisi bilan xayrlashishi mumkin

Sherzod Nurmatov
3 iyun 2024
Serji Roberto bilan bog'liq vaziyat yaqin kunlarda oydinlashadi.

Fabricio Romano xabariga ko'ra, Kataloniyaning "Barselona" jamoasi himoyachi Serji Roberto bilan hamkorlikni to'xtatishi mumkin.

Xabar qilinishicha, "Barselona" 32 yoshli Roberto bilan og'zaki kelishuvga qaramay, moliyaviy feyr-pley tufayli fikrini o'zgartirmoqchi. Yakuniy qaror yaqin orada qabul qilinadi.

Serji Roberto ushbu mavsum "Barselona"ning bir qismi sifatida 24 ta o'yin o'tkazib, 3 ta to'p kiritdi va 3 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano