"Barselona" himoyachisi bilan 2031 yilga qadar shartnomani uzaytirdi

Khoja
12 dek 2025, 08:53
"Barselona" himoyachisi Erik Garsiya yana uzoq yillar davomida Kataloniya klubida faoliyat olib boradi.

24 yoshli himoyachi "Barselona" bilan 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi. 

Ma'lumot uchun, Garsiya "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum 22 ta bahsda maydonga tushib, 1 tadan gol va assist qayd etgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com