"Barselona" himoyachisi A Seriya klubiga o'tdi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
17 avg 2018, 09:25
"Barselona" himoyachisi Marlon faoliyatini "Sassuolo"da davom ettiradi.

Italiya klubi 22 yoshli futbolchini to'liq sotib oldi, ammo ko'k-anorranglilarda himoyachini sotib olish huquqi bor.

Transfer 6 mln evro evaziga amalga oshdi. Agar futbolchi jamoaning 50ta uchrashuvida ishtirok etsa Kataloniya klubi yana 6 mln evroga ega bo'ladi. Shu bilan birga Marlon boshqa klubga sotib yuborilsa, transferning 50% puli "Barselona" hisobiga o'tkaziladi.

Marlon 2016 yilda "Nicca"dan "Barselona"ga o'tgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com