“Barselona” haligacha “Valensiya” klubi himoyachisi Matega qiziqmoqda

Tolibjon Qosimov
13 avg 2013
“Barselona” klubi “Valensiya” himoyachisi Jeremi Matega qiziqayotganligini tasdiqladi. Bu futbolchiga “Bavariya”ham qiziqayapti.

Agarda kataloniyaliklarning David Luiz (Chelsi), Daniel Agger (Liverpul) va Yan Vertongen (Tottenxem) bo'yicha olib borayotgan muzokaralari samara bermasa, unda klub Fransiya terma jamosining 29-yoshli futbolchisini olishga urinib ko'radi, deb xabar beradi Football Espana.

Eslatib o'tamiz, Mate “Valensiya” bilan shartnomasini 2017 yilga qadar uzaytirgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru