"Barselona" futbolchisi terma jamoa safida jarohat oldi

Khoja
11 okt 2025
"Barselona" futbolchisi Dani Olmo Ispaniya terma safida jarohat oldi.

Yarim himoyachi mashg'ulotlar vaqtida mushaklaridan jarohat oldi va noma'lum muddatga safdan chiqdi. Futbolchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi va uning jarohat darajasi ma'lum bo'ladi.

Xabarlarga ko'ra, yarim himoyachi 26 oktyabr kuni "Real"ga qarshi uchrashuvni ham o'tkazib yuborishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Dani Olmo joriy mavsum La Ligada 8 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta golga mualliflik qildi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com