"Barselona" futbolchisi ruhiy holati sababli boshqa maydonga tushmasligi mumkin

Khoja
9 dek 2025, 07:24
Ispaniyaning COPE nashrining insayderi Xuanma Kastana "Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo boshqa hech qachon kataloniyaliklar safida o'ynamasligi mumkinligini aytdi.

"Ronald Arauxoning muammolari ko'ringanidan jiddiyroq. U boshqa hech qachon "Barselona" safida o'ynamasligi mumkin", deb yozadi COPE.

Takidlanishicha, urugvaylik futbolchi anchadan beri psixologik muammolar bilan kurashib kelmoqda va hozirgi holatida "Barselona" talab qiladigan darajada raqobatlasha olmasligini tan oldi. Avvalroq, Ronald Arauxo "Barselona"dan hissiy holatidan xalos bo'lish uchun cheksiz vaqt so'ragani haqida xabar berilgan edi. Bu holat Chempionlar Ligasidagi "Chelsi"ga qarshi o'yindan keyin sezilarli darajada yomonlashgan edi. O'shanda u 44-daqiqada qizil kartochka olgan va kataloniyaliklar 3:0 hisobida mag'lub bo'lgan edi.


KhojaMuallif
Manba: COPE