"Barselona" futbolchilari boykot e'lon qilishmoqchi?

Mirjalol Normatov
9 yanv 2025, 20:48
Agarda Dani Olmo LaLiga ro'yxatidan o'tkazilmasa, "Barselona" futbolchilari Ispaniya termasiga boykot e'lon qilmoqchi bo'lgan.

Oldinroq mamlakat sport ittifoqi "Barselona"ni Dani Olmo va Pau Viktorni vaqtincha ro'yxatdan o'tkaza olmasligini ma'lum qilgandi.

Shu orqali Olmo Ispaniya termasining mart oyidagi yig'inlarida qatnashish imkoniyati pasayib ketadi.

As ma'lumotiga ko'ra, agarda Olmo sport principlari emas, balki, siyosiy sabablar tufayli LaLigada ro'yxatdan o'tkazilmasa, "Barselona" futbolchilari Ispaniya termasiga boykot e'lon qilmoqchi bo'lishgan.

Shu orqali futbolchilar Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasiga qarshi namoyishni ko'rsatmoqchi bo'lib turgan. Biroq LaLiga prezidenti Xaver Tebas futbolchilarni milliy jamoa millatning yuzi bo'lishini va ularga qarshi chiqmaslik kerakligini tushuntirib, ularni yo'ldan qaytargan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As