“Barselona” futbol tarixidagi eng yirik shartnomaga ega bo'lishi mumkin

Khoja
29 fev 2024
“Barselona” va "Nike" yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erisha olmadi.

Shu tariqa, 25 yillik hamkorlikdan so'ng kataloniyaliklar boshqa kompaniya liboslarini kiyadigan bo'ldi. “Puma” “Barselona”ga 200+100 million evro ko'rinishidagi besh yillik shartnoma taklif qildi. Agar muzokaralar yaxshi yakunlansa, nemis kompaniyasi 2026 yildan boshlab “Barselona”ning liboslariga javob beradi.

Agar ushbu kelishuv amalga oshsa, bu futbol tarixidagi eng yirik brend shartnoma bo'ladi.

Ma'lumot uchun, 2026 yilda shartnomasi yakunlanadigan shartnoma ortidan kataloniyaliklar "Nike"dan yiliga 105 million evro pul oladi. AQSH kompaniyasi “Barselona” bilan 1998 yildan beri birga ishlab kelayotgandi.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru