"Barselona" fransiyalik himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
10 yanv 2020, 14:22
"Leyptsig" himoyachisi Dayot Upamekano "Barselona" o'yinchisiga aylanishi mumkin.

Kataloniya klubi yanvarda himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi va yosh himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Fransiyalik futbolchining transfer narxi 53 million evro atrofida baholanmoqda.

Upamekanoning "Leyptsig" bilan tuzgan shartnomasi 2021 iyunga qadar mo'ljallangan.

21 yoshli o'yinchi joriy mavsum "buqalar" safida 19ta o'yinda maydonga tushgan. U faoliyati davomida "RB Leyptsig"dan tashqari "Zalcburg" va "Lifering" klublari sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: Sport