"Barselona" Fransiya chempionatidagi futbolchiga qiziqmoqda

Alisher
5 iyul 2022, 18:47
"Barselona" "Monako"ning 21 yoshli himoyachisi Benua Badyashilga qiziqish bildirmoqda.

"Sevilya" futbolchisi Jyul Kundening o'tishi bilan bog'liq vaziyat noaniqligicha qolmoqda, shu sabab Kataloniya klubi rahbariyati "Monako" futbolchisining transferi borasida jiddiy tarzda ishga kirishishi mumkin.

Badyashilga shuningdek "Manchester Yunayted" va "Sevilya" qiziqish bildirmoqda.

Futbolchi o'tgan mavsum Liga 1 doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: euro-football.ru