"Barselona" - "Espanol" uchrashuvidan so'ng futbolchilar janjal keltirib chiqarishdi

Aslanov Jasurbek
6 fev 2018, 13:39
Yakshanba kuni LaLiganing 22-tur uchrashuvlari doirasida "Espanol" hamda "Barselona" o'rtasidagi Kataloniya debrisi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Bahs oxirida "Espanol" forvardi Serxio Garsiya va "Barselona" himoyachisi Samuel Yumtiti o'rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Ma'lumotlarga ko'ra, mezbonlar hujumchisi Yumtitini irqchilik ruxidagi so'zlar bilan haqorat qilgan. Bu so'zlardan g'azablangan himoyachi, maydonda u bilan janjallashdi, ammo Xerard Pike fransiyalik futbolchini o'zini bosishga chaqirdi. "Sport.es"ning xabar berishicha, ushbu janjal tribunaosti tunnelida ham davom etgan. Bahs bosh hakami Jil Mansano o'zining hisobotida ikki jamoa futbolchilari uchrashuv yakunlanganidan so'ng janjal yushtirganini qayd etgan.

"Barselona" bu borada LaLigaga etiroz bildiradimi, yo'qmi, noma'lum.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es