"Barselona" Erling Xolandni xarid qilishdan bosh tortgan

Yaqinda Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchisiga aylangan Erling Xoland bir yil muqaddam "Barselona" safiga qo'shilishi mumkin edi.

AS nashri xabariga ko'ra, katalon klubi o'tgan yilning qishida jamoa markaziy hujumini kuchaytirish maqsadida bir qator nomzodlarni ko'rib chiqqan. "Ko'k-anorranglilar" short-listida "Red Bull Zalcburg" hujumchisi Erling Xoland ham bo'lgan. Ammo "Barselona" rahbariyati yosh futbolchining jamoada o'ynab keta olishiga ishonmagan va yakunda Kevin-Prins Boateng nomzodi maqul ko'rilgan edi.

Eslatib o'tamiz, 19 yoshli hujumchi bir necha kun avval Dortmund klubi bilan 2024 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.


Manba: AS