

Manba ma'lumotiga ko'ra, kataloniyaliklar norvegiyalik forvard uchun "Manchester Siti"ga hujumkor yarim himoyachi Dani Olmo hamda pulli kompensaciya taklif etishga tayyor. Takidlanishicha, "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga Olmo allaqachon qiziqish uyg'otgan.
27 yoshli Dani Olmo - "Barselona" tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2024 yildan buyon jamoaning asosiy tarkibida o'ynab kelmoqda. U barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 9 ta golli uzatma amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali ma'lumotiga ko'ra, Olmoning taxminiy bozor qiymati 60 million evroni tashkil etadi.
Erling Xolandning "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2034 yil yozigacha davom etadi. "Transfermarkt" ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 180 million evroga teng.



