"Barselona" YCHL nimchorak finalida hammadan kam zarba berdi

Tolibjon Qosimov
15 mar 2018
Kataloniyaning "Barselona" jamoasi Chempionlar ligasi 1/8 finalida Londonning "Chelsi" klubini 2 o'yin natijasiga ko'ra mag'lub etdi.

"Barselona" o'yinchilari YCHL nimchorak finalida darvoza tomon hammadan kam zarba berishdi.

Kataloniyaliklar 2 o'yinda 16ta zarba yo'llashdi. Bu degani, ular har bir gol uchun o'rtacha 4 bor darvoza tomon tepishdi.

Bundan tashqari, "Barselona" 1/8 finalda aniq zarba berish borasida eng yaxshi ko'rsatkich qayd etdi - 63% aniq zarba. Bu borada eng yomon ko'rsatkich "Manchester Yunayted" (23% aniq zarba) va "Chelsi" (24%)ga tegishli bo'ldi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Opta