Barselona direktori: Realga chempionlik koridori tashkil qilinmaydi

Narzulla Saydullayev
18 dek 2017, 08:47
Barselona direktori Gilermo Amor klasikodan oldin klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib bo'lgan Realga chempionlik koridori tashkil etib bermasliklarini ma'lum qildi.

Realni tabriklaymiz, ammo bitta narsani takidlashni istaymiz: biz faqat Barselona klubi ishtirok etadigan musobaqalar g'oliblariga chempionlik koridori tashkil qilib beramiz, – deydi Amor.

O'yingacha hali bir hafta bor, bu haqda o'ylamadim ham. Vaziyat biroz tushunarsiz, – deydi Barselona ustozi Ernesto Valverde.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com