"Barselona" direktori Messining tovon puli nima uchun yuqori ekanligini aytib o'tdi

Tolibjon Qosimov
27 noya 2017, 20:04
"Barselona" direktori Gilermo Amor jamoa yetakchisi Lionel Messi bilan shartnoma 2021 yilgacha uzaytirilgani haqida gapirib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, yangi kelishuvga ko'ra, Messining tovon puli 700 million evroni tashkil etdi.

"Asabiylashishga hojat qolmadi. Lionel "Barselona"da hamisha cheksiz baxtli va biz Messi qachon xohlasa, o'shanda faoliyatini aynan shu yerda tugatishini xohlaymiz.

Tovon puli? Neymar bilan ro'y bergan tarixdan keyin o'zimizni himoyalashimiz kerak edi", - dedi Amor.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda PSJ Neymarning 222 million evrolik tovon pulini to'lab bergan va "Barselona"dan sotib olgan edi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com