"Barselona" direktori: "Messining so'nggi klasikoni o'tkazmaganiga umid qilamiz"

Alisher
11 apr 2021, 12:28
"Barselona" direktori Gilermo Amor "Real" (1:2)ga qarshi o'yindan so'ng "ko'k-anorranglilar" hujumchisi Lionel Messining ehtimoliy kyetishi borasidagi xabarlarga izoh berdi.

"Messining biz uchun so'nggi klasikoni o'tkazmaganiga umid qilamiz. Uning qolishini va yana bir necha marta "Barselona" libosida "Real"ga qarshi o'ynashini xohlardik", - deydi Amor.

Messi joriy mavsum "Barselona" tarkibida 39ta o'yinda maydonga tushib, 29ta gol va 13ta assist qayd etdi.

33 yoshli argentinalik futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan, futbolchi yozda erkin agent maqomida klubdan kyetishi mumkin.


AlisherMuallif
Manba: Goal