"Barselona" Dembele bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Alisher
2 dek 2021
"Barselona" ijrochi direktori Ferran Reverter Kataloniya jamoasi tez orada yarim himoyachi Usmon Dembele bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekanligini aytdi.

"Biz Dembele bilan shartnomani uzaytira olamiz. Qancha vaqt ketishini ayta olmayman, biz futbolchining o'zi bilan gaplashishimiz kerak. Uning faoliyatini "Barselona"da davom ettirishiga aminman", - deydi Reverter.

24 yoshli Dembele joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal