"Barselona" de Yong bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
29 iyun 2025
Yarim himoyachi Frenki de Yong "Barselona"da qoladi.

"Diario Sport" ma'lumotiga ko'ra, klub va futbolchi shartnoma shartlari borasida qisman kelishuvga erishgan. Unga ko'ra yangi shartnoma 2029 yilgacha mo'ljallanadi. De Yongning maoshi Niko Uilyamsning "Atletik"dan sotib olinadigan mablag'iga qarab aniqlanadi.

O'tgan mavsumda de Yong barcha turnirlarda 46 o'yinda qatnashib, 2 tadan gol va assist qayd etdi.

De Yong bilan amaldagi kelishuv kelasi yozda yakuniga etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport