Barselona Dani Olmo bo'yicha muzokaralarni boshladi. Kataloniyaliklar qancha taklif qilgani ma'lum

Khoja
20 iyul 2024
Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Dani Olmo faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Futbolchi Kataloniyaning Barselona klubiga o'tishi mumkin. Ispanlar futbolchining transferi uchun Leyptsigga 60 million evro to'lashga tayyor. Futbolchining o'zi bilan esa olti yillik shartnoma tuzadi.

Dani Olmoga Barselonadan tashqari, Bavariya, Atletiko va APLning top jamoalaridan qiziqish bor. Biroq ispaniyalik hujumkor yarim himoyachi faoliyatini Kataloniyada davom ettirmoqchi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com