"Barselona" Dani Alves bilan shartnomani 2 yilga uzaytirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
9 okt 2014
"Barselona" himoyachisi Dani Alves mavsum tugagandan keyin klubni tark etmasligi mumkin.

Kataloniya klubi 2-3 hafta ichida 31 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirgani haqida ma'lum qilishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, yangi kelishuv muddati bir emas ikki yilga mo'ljallangan bo'lishi mumkin.

Oldinroq Alves mavsum so'ngida "Barselona"ni takr etib, faoliyatini Angliyada davom ettirmoqchiligi haqida takidlagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru