"Barselona" braziliyalik futbolchi bilan kelishuvga erishdi

Alisher
20 mar 2020
"Barselona" "San Paulu" bilan 19 yoshli forvard Gustavo Mayyaning transferi borasida kelishuvga erishdi.

Xabar qilishicha, "ko'k-anorranglilar" o'yinchi uchun bir million evro to'lashgan, 30 iyungacha esa jarayonni yakunlash uchun Braziliya klubining hisobiga yana 3,5 million evro tushishi kerak. Shu bilan birga futbolchining 30% huquqi "San Paulu"ga tegishli bo'ladi.

Mayyaning hozirgi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. U bungacha Braziliyaning U-16 va U-17 jamoalarida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: sport.es