"Barselona" "Borussiya"ga Dembelening transferi uchun qo'shimcha pul to'laydi

Alisher
15 fev 2021, 18:00
"Barselona" Dortmundning "Borussiya" klubiga vingur Usmon Dembelening transferi uchun 5 million evro to'laydi.

Bitimda yozilganidek, "arilar" ushbu mablag'ni fransiyalik futbolchi Kataloniya klubida 100ta o'yin o'tkazganidan so'ng olishadi.

La Liga 23-tur doirasidagi  "Alaves" (5:1)ga qarshi o'yin futbolchi uchun "Barselona" libosida yuzinchisi bo'ldi.

Kataloniyaliklar 2017 yilning avgustida Dembele bilan 135 million evro evaziga shartnoma imzolashgan edi. 23 yoshli o'yinchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo