Barselona bilan xayrlashgan Serxio Buskets Yevropada o'ynash niyati yo'q

Alisher
6 iyun 2023
Serxio Buskets Barselona bilan xayrlashgach, Yevropa klubiga o'tmoqchi emas.

To'g'risini aytsam, hali aniq bir rejaga ega emasman, oldimda 3-4ta taklif bor, ammo aniq to'xtamga kelganim yo'q. Yevropada o'ynashni istamayman – Barsaga qarshi rasmiy uchrashuvda o'ynash qiyin bo'lardi. Qolaversa, buyog'iga nisbatan xotirjamroq hayotni maqul ko'raman. Yaqin 2-3 haftada barchasi hal bo'ladi. Oilam bilan birga qarorni qabul qilamiz, - deydi Buskets.


Avvalroq, ispaniyalik yarimhimoyachiga Saudiya Arabistoni va AQSHdan taklif borligi haqida xabar qilingandi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com