"Barselona" "Benfika"dan o'z tarbiyalanuvchisini ortga qaytarishi mumkin

Sherzod Nurmatov
18 iyun 2022
Kataloniya klubi "Benfika"ning ispaniyalik himoyachisi Alexandro Grimaldoga qiziqish bildirmoqda, deb yozdi jurnalist Ekrem Konur.

Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi yozgi transfer oynasida futbolchini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Biroq Grimaldo "Chelsi" himoyachisi Markos Alonsodan keyingi zaxira variant hisoblanadi.

26 yoshli Grimaldo "Barselona" tarbiyalanuvchisi sanaladi. U o'tgan mavsumda "Benfika" tarkibida barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/ekremkonur