"Barselona" Arturning transferi borasida "Gremio" bilan kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
20 fev 2018, 16:41
"Barselona" "Gremio" yarim himoyachisi Artur Ramos transferi borasida Braziliya klubi bilan muzokara o'tkazdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ko'k-anorranglilar Arturni "Gremio"da 2019 yilning yanvarigacha qolishiga rozi bo'lgani uchun muzokaralar tez o'tdi. Klublar transferni 30 mln. evroga amalga oshirishadi. Yana 10 mln. evro bonus sifatida to'lab beriladi.

Oldinroq, "Gremio" 21 yoshli futbolchini qishki transfer oynasida "Barselona"ga sotishni istamagani e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UOL