"Barselona" "Arsenal"dan tekinga futbolchi olmoqchi

Narzulla Saydullayev
14 okt 2024
Yozda "Arsenal" bilan shartnomasi tugaydigan Tomas Parteyni "Barselona" erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Gana terma jamoasi futbolchisi "kanonirlar" safida Premer-ligada bu mavsum barcha o'yinlarda maydonga tushdi.

Shunga qaramay Parteyga haftasiga 200 000 funt sterlingdan baland maosh taklif qilinmasligi haqiqatga yaqin.

"Barselona" Parteyni asosiy nishon sifatida ko'rmoqda. Sababi Xansi Flik yarim himoyani kuchaytirishni so'ramoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: teamtalk.com