

Bir oydan so'ng shartnomasi yakuniga etadigan futbolchiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi futbolchining agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Ganalik futbolchining o'zi ham Ispaniyaga qaytishga qarshi emasligini ma'lum qilgan.
Ma'lumot uchun Parti "Arsenal"ga "Atletiko"dan kelib qo'shilgandi. Yarim himoyachi yakunlangan mavsumda 52 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.



