"Barselona" aldayaptimi? Kataloniya klubi Kristensen 4 oyda qaytishini ma'lum qildi, futbolchining o'zi esa...

Aslanov Jasurbek
27 avg 2024, 01:26
"Barselona" Andreas Kristensenning tiklanishi uchun ketadigan vaqtni keragidan ko'p qilib ko'rsatgan bo'lishi mumkin.

Kataloniya klubi LaLigaga tibbiyot xodimlari xulosasini jo'natib, himoyachi jarohati tufayli 4 oy maydonga tusha olmasligini ma'lum qilgan. Oldinroq, Kataloniya klubida ushbu voqea tufayli Dani Olmoni ro'yxatdan o'tkazishi uchun imkoniyat paydo bo'lgani e'lon qilingan edi.

Ispaniyalik jurnalist Viktor Navarroning yozishicha, daniyalik futbolchi va uning atrofidagilar Kristensen bir oydan so'ng safga qaytishi mumkin deb hisoblashmoqda.

Xo'sh, bu vaziyatda kim aldayapti?


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: COPE