"Barselona" Albaning ketishini e'lon qildi. 2024 yilgacha bo'lgan shartnoma bekor qilinadi

Administrator
24 may 2023
Futbolchi klub bilan xayrlashadigan bo'ldi.

"Barselona" klubi himoyachi Jordi Alba mavsum yakunlangach klubdan ketishini ma'lum. Klub tomonlarning 2024 yilgacha bo'lgan shartnomasi o'zaro rozilik bilan bekor qilinganini e'lon qildi.

Ma'lumot uchun, Jordi Alba 2012 yildan beri "Barselona" a'zosi sifatida faoliyat yuritib kelardi. Futbolchi klub bilan 6 marta La Liga chempionligi, 5 ta Ispaniya kubogi, 4 marta esa Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritgan. Shu bilan birga, Alba klub bilan YCHL , UEFA Superkubogi va Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida bir martadan g'olib bo'lgan.


AdministratorMuallif
Manba: fcbarcelona.com