"Barselona" Albani maoshini pasaytirishga ko'ndira olmayapti

Alisher
22 iyul 2021
"Barselona" og'ir moliyaviy sharoitda o'yinchilar maoshlarining kamayishiga rozi bo'lishlariga umid qilmoqda.

Klub bu borada besh nafar jamoa "qariya"laridan so'rab ko'rdi va bu jamoani oldinga harakatlanishiga yordam berishini ma'lum qildi.

Ulardan 4 nafari bunga rozi bo'ldi - Lionel Messi (50% maoshidan voz kechdi), Jerar Pike, Serxi Roberto va Serxio Bustkes.

Ammo, jamoa himoyachisi Jordi Alba hali klubga maoshining kamayishi borasidagi so'rovni qabul qilganini xabar qilmadi.


AlisherMuallif
Manba: Barca Blaugranes