"Barselona" Albaga o'rinbosar topdi

Sherzod Nurmatov
11 noya 2020
"Barselona" o'z chap qanot himoyachisi Xordi Albaga o'rinbosar izlamoqda.

Todofichajes'ning ma'lumotlariga ko'ra, kataloniyaliklar Xunior Firponi sotib, undan tushgan mablag'ni "Valensiya" himoyachisi Xose Gayyani sotib olishga sarflamoqchi.

Gayyaning klub bilan kelishuvi 2023 yilgacha mo'ljallangan. "Valensiya" o'z o'yinchisi uchun 35 million evro talab qilishi kutilmoqda.

Gayya joriy mavsumda 9 o'yinda 1 ta golli pas berdi.  


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Todofichajes