"Barselona" Adama Traoreni sotib olmaydi

Sherzod Nurmatov
16 may 2022
"Barselona"da ijarada o'ynayotgan "Vulverxempton"ning ispaniyalik vingeri Adama Traore Kataloniya klubi tomonidan xarid qilinmaydi.

Jurnalist Xavi Migelning takidlashicha, "Barselona" Adamani sotib olish uchun 30 million evro sarflash niyatida emas.

Manbaga ko'ra, agar "Vulverxempton" rozi bo'lsa, "Barselona" uni faqat Trinkauga almashtirishi mumkin. Biroq Angliya klubi uni ortga qaytarmoqchi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS