"Barselona" A Seriyadagi himoyachini nishonga oldi

Narzulla Saydullayev
17 dek 2023
"Jenoa" himoyachisi Radu Dregushin jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Jurnalist Alfredo Martinesning xabariga ko'ra, 21 yoshli Ruminiya terma jamoasi futbolchisiga "Barselona" qiziqmoqda. 

Dregushinni 30 million evroga xarid qilish mumkin, bunday narx uning shartnomasida sotib olish narxi sifatida ko'rsatilgan.

Dregushin joriy mavsum "Jenoa" safida 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/Alfremartinezz