"Barselona" 2003 yilning aprelidan beri ilk bor o'z maydonida ketma-ket ikkita o'yinda mag'lub bo'ldi. O'shanda hatto Gavi tug'ilmagandi

Alisher
19 apr 2022, 11:25
Kecha, La Liga 32-tur doirasidagi "Barselona" - "Kadis" (0:1) o'yini bo'lib o'tdi.

Kataloniyaliklar bu o'yindan oldin uy stadionida Yevropa Ligasi chorak final doirasidagi javob bahsida "Ayntraxt" (2:3)ga yutqazgandi.

Shunday ekan, "Barselona" 2003 yilning aprelidan beri o'z maydonida ketma-ket ikkita o'yinda mag'lub bo'ldi. Qizig'i, o'shanda hattoki hozirda Kataloniya klubi tarkibida o'ynayotgan Gavi (2004 yil, 5 avgust) tug'ilmagan edi.

"Barselona" ayni damda La Liga jadvalida 60 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: therecord.com