

Mehmonlar safida Mikel Merino va Aleksandr Serlot gol urdi, mezbonlar safida Robert Levandovski to'p kiritdi.
Shunday qilib, "Barsa" "Sosedad"ga 2016 yil aprel oyidan buyon ilk bor yutqazdi, o'z maydonida esa Kataloniya klubi so'nggi bor bu raqibga 1991 yilda mag'lub bo'lgandi.
Ma'lumot uchun, "Barselona" o'tgan turda chempionlikni rasmiylashtirgandi. "Real Sosedad" 65 ochko bilan 4-o'rinni egallab turibdi.



