"Barselona" 19 yoshli futbolchisining tovon pulini 400 million evro qilib belgiladi

Mirjalol Normatov
28 apr 2023
"Barselona" 19 yoshli tarbiyalanuvchisi Aleysh Garrido bilan shartnomani uzaytirdi.

Klub 19 yoshli futbolchisi bilan 2025 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma tuzdi va unda futbolchining tovon pulini 400 mln evro qilib belgiladi.

Garrido "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoadagi debyutini 1 aprel kuni "Elche" bilan o'yinda qayd etgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal