“Barsa”ning yangi forvardi kuchli jihatlari, oldiga qo'ygan maqsadi va ko'plab gollar urmoqchiligini aytdi

Eldor Akmurzayev
20 fev 2020
Xabaringiz bor, bugun "Leganes" forvardi Martin Breytueyt “Barselona” a'zosiga aylandi.

U yangi jamoasi to'g'risida ilk fikrlarini bildirdi. 

“Juda hayajondaman. Orzuim ushaldi. Futbol o'ynaydiganlarning har biri “Barselona” sharafini himoya qilishni istaydi. Maqsadim – titullar yutish. Ushbu klub o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan. 

Kuchli jihatlarim? Jismoniy tomondan kuchli, tezkor va texnikali o'yinchiman. Har kuni o'zimni rivojlantirib borishga harakat qilaman. Ko'p gol uraman degan umiddaman”, – deydi 28 yoshli daniyalik.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: fcbarcelona.com