"Barsa" va "Vulverxempton" Semeduni 30 mln evro+bonuslar evaziga transfer qilish bo'yicha kelishuvga erishishlari mumkin

Alisher
21 sen 2020
"Barselona" va "Vulverxempton" himoyachi Nelson Semeduning transferi borasida muzokaralarni davom ettirishmoqda.

Angliya klubi 26 yoshli o'yinchini 30 million evro+bonuslar ko'rinishida o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bitim bugunoq amalga oshishi mumkin.

"Barselona" portugaliyalik futbolchining o'rniga ikki nomzodni o'rganmoqda: Serjino Dest ("Ayaks") va Maks Aarons ("Norvich").

Semedu 2017 yilda "Barselona" "Benfika"dan 30 million evro evaziga o'tgandi. Futbolchining agenti Jorje Mendeshdir. Ayni damda "Vulvz"da 9 nafar portugaliyalik o'yinchi, shuningdek portugaliyalik murabbiy ham ishlamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/gerardromero