

Klublar brendni turli mamlakatlarda ro'yxatdan o'tkazish va bu orqali qo'shimcha iqtisodiy foyda olishni rejalashtirmoqda. La Liga ushbu savdo belgisini ro'yxatdan o'tkazishga qarshi chiqmoqda.
"Ikkala klub ham Ispaniya, Yevropa Ittifoqi, Braziliya, Meksika va Singapur kabi bir qator hududlarda "El Klasiko" savdo belgisini ro'yxatdan o'tkazishni so'ragandi, biroq bunga ruxsat berilmadi", - deyiladi Ispaniya chempionati tashkilotchilari.
Qo'shimcha qilinishicha, "El Klasiko" savdo belgisi "xalqaro miqyosda keng himoyalangan" va ikkala klub ham ushbu savdo belgisini o'z nomiga ro'yxatdan o'tkazish jarayoni o'rganilmoqda.



