"Barsa" Urugvay terma jamoasi forvardi Alvaresga qiziqmoqda

Alisher
11 dek 2021
"Barselona" "Penyarol" va Urugvay terma jamoasi hujumchisi Alvares Martinesga qiziqmoqda.

Klubning ayrim xodimlari "Barsa" yoshlarga e'tibor qaratmoqda deb hisoblamoqda. "Barsa" ko'rsayotgan variantlardan biri Alvaresdir.

Urugvaylikning bitimi taxminan 12 mln evroga tushadi. Uni boshida ikkinchi jamoaga olib, keyinchalik bosh jamoaga o'tkazishlari mumkin.

20 yoshli forvard joriy mavsum "Penyarol" safida 40ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol urishga erishdi.




AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo