

"Barselona"ning 40 nafar tarbiyalanuvchisi bu mavsumda eng yuqori ligalarda to'p surdi. "Barselona" akademiyasi Yevropaning eng kuchli chempionatlarida eng samarali akademiyalardan biri deb tan olindi. Xalqaro sport tadqiqotlari markazi joriy mavsumda turli jamoalar tarbiyalanuvchilaridan nechta futbolchi top-5 ligada o'ynaganini tahlil qildi. "Barselona" reytingda birinchi o'rinni egalladi.
Ro'yxatning birinchi o'ntaligiga quyidagilar kirdi:
1. "Barselona" - 40 nafar tarbiyalanuvchi (jami 25 076 daqiqa).
2. "Real" - 35 (29 439 daqiqa).
3. PSJ - 31 (18 455).
4. "Renn" - 29 (22 599).
5. "Ayaks" - 27 (16 255).
6. "Chelsi" - 25 (17 723).
7. "Real Sosedad" - 24 (15 115).
8. "Manchester Yunayted" - 22 (15 889).
9. "Manchester Siti" - 22 (15 034).
10. "Arsenal" - 22 (14 427).



