"Barsa" Spotify bilan bitimni dushanba kuni e'lon qiladi. Klub libosda YUNISEF logosini saqlab qolmoqchi.

Alisher
17 fev 2022
"Barselona" titul homiylik bo'yicha Spotify bilan muzokaralarni yakunlamoqda.

Kataloniyaliklar bitimni 21 fevral kuni, yani dushanba kuni e'lon qilishmoqchi.

Tomonlar o'rtasidagi muzokaralarning so'nggida klub libosining orqa tomonida joylashgan YUNISEF logotipi muhokama qilindi.

"Barselona" xalqaro tashkilot bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi va kelasi mavsumda uning logotipini libosida saqlab qolmoqchi.

Oldinroq xabar berilganidek, "Barselona" Spotify'dan 3 yilda 280 million evro olishi kerak. Shuningdek, "Barsa" stadioni "Spotify Kamp Nou" deb ataladi.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo