"Barsa" Pyanichni AQSHdagi turnega olib ketadi. Xavi uning harakatlaridan mamnun

Aziz Tukhtamuradov
15 iyul 2022, 08:32
Miralem Pyanich "Barselona"da qolishi mumkin.

Bosniya va Gercogovina jamoasining 32 yoshli futbolchisining mashg'ulotlardagi harakatlari bosh murabbiy Xavida yaxshi taassurot qoldirmoqda. Murabbiy futbolchini AQSHdagi turnega olib ketmoqchi. 

Futbolchi "Olot"ga qarshi bahsda ham maydonga tushirilgandi. 

Pyanich "Barselona"da qolishi ehtimoli bor. Ammo, futbolchi bo'yicha yaxshi taklif bo'lsa, uni sotib yuborishlari ham mumkin. 

U o'tgan mavsumni ijara asosida "Beshiktosh"da o'tkazgandi. Pyanichning "Barsa" bilan shartnomasi 2024 yilning iyunigacha mo'ljallangan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Mundo Deportivo