"Barsa" prezidentligiga nomzod Viktor Font: "Klubning "Real" emas, Messi bilan aloqani uzganini kechirib bo'lmaydi"

Administrator
11 fev 2026, 22:13
Klub prezidentligiga nomzod Messini qaytarish borasida gapirdi.

"Barselona" prezidentligiga nomzod Viktor Font Joan Laportani Lionel Messi bilan munosabatlarni buzgani uchun qattiq tanqid qildi.

"Uning "Kamp Nou"ga yashirincha kelishga majbur bo'lgani va bizning "Real" bilan emas, Leo bilan munosabatlarimizni uzganimiz kechirib bo'lmaydigan narsa. Messi bilan yarashish u ketgan paytdan boshlab eng muhim vazifa bo'lishi kerak edi. Biz Messini Kataloniyaga qaytarish uchun tashkiliy, tijorat va sport jihatlarini qamrab oluvchi uch tomonlama taklif ustida ishlamoqdamiz. Bu "Barsa" muxlislarini hayajonga soladi," - dedi Font.


AdministratorMuallif
Manba: Cadena SER