"Barsa" muxlislari Instagramdagi posti uchun Bastoniga tahdid qilishdi

Administrator
5 okt 2022
Bastoni Gavini "sudrab" ketayotgan suratini ijtimoiy tarmoqlarga qo'ygandi.

"Inter" futbolchisi Alessandro Bastoni "Barselona"ga qarshi uchrashuvdan so'ng tahdidlar qabul qilmoqda. Gap shundaki, Bastoni "Barsa"ga qarshi o'yindan keyin o'z Instagram sahifasiga Gavini chimda sudrab ketayotgan suratini qo'ygandi. Bu esa "Barselona" muxlislari g'azabini keltirdi. 

Alessandro Bastonining qiz o'rtog'i pochtasiga kelgan bazi tahdidlar haqida xabar berdi.  Ushbu xatlardan birida "Men eringni oyog'ini sindiraman. Uyingni yonidaman. Yigitingni otib tashlayman va u boshqa futbol o'ynolmaydi", -deb yozilgan. 


AdministratorMuallif
Manba: Corriere della Sera