"Barsa" iste'foga chiqarilgani uchun Setenga 4 million evro jarima to'laydi

Aslanov Jasurbek
1 dek 2021, 21:58
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Kike Setenga ishdan bo'shatilgani uchun tovon puli to'laydi.

Tomonlar 4 million evroga rozi bo'lgan.

Jarima bo'lib-bo'lib to'lanadi. Ushbu kelishuv tufayli "ko'k-anorranglilar" 20 dekabrga belgilangan sud jarayonining oldini oladi.

Avvalroq mutaxassis "Barsa"dan 14 million evro undirib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o'tamiz, 2020 yilning 13 yanvarida "Barselona" Setenni bosh murabbiy etib tayinladi va o'sha yilning 17 avgustida Chempionlar ligasida "Bavariya"dan yirik mag'lubiyatga uchragandan so'ng (2:8) ishdan bo'shatdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport